2016 yil 1 aprel holatiga bank aktivlari 1 296,1 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (967,2 mlrd. so’m) nisbatan 328,9 mlrd. so’m yoki 134,0 foizga o’shdi.
2016 yil 1 aprel holatiga bank aktivlarining 1 009,9 mlrd. so’mi yoki 77,9 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.
2016 yil 1 aprel holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 272 483 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (215 546 ta) nisbatan 56 937 taga oshdi va o’sish 126,4 foizni tashkil etdi.
Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 5 290 ta terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (4 485 ta terminal) nisbatan 805 taga ko’paydi va o’sish 117,9 foizni tashkil etdi.