2016 yil 1 iyul holatiga bank aktivlari 1 325,3 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (1 031,5 mlrd. so’m) nisbatan 293,8 mlrd. so’m yoki 128,5 foizga o’shdi.

2016 yil 1 iyul holatiga bank aktivlarining 1 030,8 mlrd. so’mi yoki 77,8 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.

2016 yil 1 iyul holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 289 910 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (223 127 ta) nisbatan 66 783 taga oshdi va o’sish 129,9 foizni tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 5 489 ta terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (4 522 ta terminallar) nisbatan 967 taga ko’paydi va o’sish 121,4 foizni tashkil etdi.