2016 yil 1 oktyabr holatiga bank aktivlari 1 375,1 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (1 116,3 mlrd. so’m) nisbatan 258,8 mlrd. so’m yoki 123,2 foizga o’shdi.

2016 yil 1 oktyabr holatiga bank aktivlarining 1 051,9 mlrd. so’mi yoki 76,5 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.

2016 yil 1 oktyabr holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 303 300 tani tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (233 368 ta) nisbatan 69 932 taga yoki 130,0 foizga o’shdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 5 499 ta terminal terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (4 592 ta terminallar) nisbatan 907 taga ko’paydi va o’sish 118,0 foizni tashkil etdi.