2017 yil 1 yanvar holatiga bank aktivlari 1 574,2 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (1 217,8 mlrd. so’m) nisbatan 356,4 mlrd. so’m yoki 129,3 foizga o’shdi.

2017 yil 1 yanvar holatiga bank aktivlarining 1 101,6 mlrd. so’mi yoki 70,0 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.

2017 yil 1 yanvar holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 302 089 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (258 906 ta) nisbatan 43 183 taga oshdi va o’sish 116,7 foizni tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 5 726 ta terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (4 936 terminallar) nisbatan 790 taga ko’paydi va o’sish 116,0 foizni tashkil etdi.