2017 yil 1 aprel holatiga bank aktivlari 1 679,6 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (1 296,1 mlrd. so’m) nisbatan 383,5 mlrd. so’m yoki 129,6 foizga o’shdi.
2017 yil 1 aprel holatiga bank aktivlarining 1 209,9 mlrd. so’mi yoki 72,0 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.
2017 yil 1 aprel holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 304 075 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (272 483 ta) nisbatan 31 592 taga oshdi va o’sish 111,6 foizni tashkil etdi.
Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 5 873 ta terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (5 416 ta terminal) nisbatan 373 taga ko’paydi va o’sish 108,4 foizni tashkil etdi.