2017 yil 1 iyul holatiga bank aktivlari 1 777,7 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (1 325,3 mlrd. so’m) nisbatan 452,4 mlrd. so’m yoki 134,1 foizga o’shdi.

2017 yil 1 iyul holatiga bank aktivlarining 1 263,6 mlrd. so’mi yoki 71,0 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.

2017 yil 1 iyul holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 313 545 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (289 910 ta) nisbatan 23 635 taga oshdi va o’sish 108,2 foizni tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 5 980 ta terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (5 405 ta terminallar) nisbatan 575 taga ko’paydi va o’sish 110,6 foizni tashkil etdi.