2017 yil 1 oktyabr holatiga bank aktivlari 2 841,5 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (1 375,1 mlrd. so’m) nisbatan 1 466,4 mlrd. so’m yoki 206,6 foizga o’shdi.

2017 yil 1 oktyabr holatiga bank aktivlarining 1 419,1 mlrd. so’mi yoki 49,9 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.

2017 yil 1 oktyabr holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 316 650 tani tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (303 300 ta) nisbatan 13 350 taga yoki 104,0 foizga o’shdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 5 992 ta terminal va 1 297 electron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (5 583 ta terminal va 585 ta E-POS terminallar) nisbatan 1 121 taga ko’paydi va o’sish 118,2 foizni tashkil etdi.