2018 yil 1 yanvar holatiga bank aktivlari 2 792,2 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (1 574,2 mlrd. so’m) nisbatan 1 218,0 mlrd. so’m yoki 177,4 foizga o’shdi.
2018 yil 1 yanvar holatiga bank aktivlarining 1 632,5 mlrd. so’mi yoki 58,5 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.
2018 yil 1 yanvar holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 365 120 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (302 089 ta) nisbatan 63 031 taga oshdi va o’sish 120,9 foizni tashkil etdi.
Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 6 016 ta terminal va 1 369electron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (5 726 ta terminal va 810 ta E-POS terminallar) nisbatan 849 taga ko’paydi va o’sish 113,0 foizni tashkil etdi.