2018 yil 1 aprel holatiga bank aktivlari 3 335,85 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (1 679,61 mlrd. so’m) nisbatan 1 656,24 mlrd. so’m yoki 198,61 foizga o’shdi.

2018 yil 1 aprel holatiga bank aktivlarining 2 097,25 mlrd. so’mi yoki 62.87 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.

2018 yil 1 aprel holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 361 901 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (304 075 ta) nisbatan 57 826 taga oshdi va o’sish 119.02 foizni tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 6 107 ta terminal va 1 573 ta E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (5 873 ta terminal 947 ta E-POS terminal) nisbatan 860 taga ko’paydi va o’sish 112,61 foizni tashkil etdi.