2018 yil 1 iyul holatiga bank aktivlari 4 064,99 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (1 775,37 mlrd. so’m) nisbatan 2 289,62 mlrd. so’m yoki 228,97 foizga o’shdi.

2018 yil 1 iyul holatiga bank aktivlarining 2 763,63 mlrd. so’mi yoki 67.99 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.

2018 yil 1 iyul holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 371 211 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (313 545 ta) nisbatan 57 666 taga oshdi va o’sish 118.39 foizni tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 6 084 ta terminal va 1 692 ta E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (6 064 ta terminal 1 111 ta E-POS terminal) nisbatan 601 taga ko’paydi va o’sish 108,38 foizni tashkil etdi.