2018 yil 1 oktyabr holatiga bank aktivlari 5 001,0 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (2 841,5 mlrd. so’m) nisbatan 2 159,6 mlrd. so’m yoki 176,0 foizga o’shdi.

2018 yil 1 oktyabr holatiga bank aktivlarining 3 933,2 mlrd. so’mi yoki 78,65 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.

2018 yil 1 oktyabr holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 451 217 tani tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 6 305 ta terminal va 2 766 ta elektron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (5 992 ta terminal va 1 297 ta E-POS terminallar) nisbatan 1 782 taga ko’paydi va o’sish 124,4 foizni tashkil etdi.