2019 yil 1 yanvar holatiga bank aktivlari 5 846,6 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (2 792,2 mlrd. so’m) nisbatan 3 054,4 mlrd. so’m yoki 209,4 foizga o’shdi.

2019 yil 1 yanvar holatiga bank aktivlarining 4 743,7 mlrd. so’mi yoki 81,1 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.

2019 yil 1 yanvar holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 398 056 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (365 120 ta) nisbatan 32 936 taga oshdi va o’sish 109,0 foizni tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 6 338 ta terminal va 3 167 ta elektron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (6 016 ta terminal va 1 369 ta E-POS terminallar) nisbatan 2 120 taga ko’paydi va o’sish 128,7 foizni tashkil etdi.