2019 yil 1 aprel holatiga bank aktivlari 6 031,14 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (3 335,85 mlrd. so’m) nisbatan 2 695,29 mlrd. so’m yoki 180,8 foizga o’shdi.

2019 yil 1 aprel holatiga bank aktivlarining 4 785,40 mlrd. so’mi yoki 79.34 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.

2019 yil 1 aprel holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 438 710 tani tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 6 327 ta terminal va 3 337 ta elektron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (6 107 ta terminal 1 573 ta elektron E-POS terminal) nisbatan 1 984 taga ko’paydi va o’sish 125,83 foizni tashkil etdi.