2019 yil 1 iyul holatiga bank aktivlari 6 700,05 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (4 064,99 mlrd. so’m) nisbatan 2 635,06 mlrd. so’m yoki 164,82 foizga o’shdi.

2019 yil 1 iyul holatiga bank aktivlarining 5 454,92 mlrd. so’mi yoki 81.42 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.

2019 yil 1 iyul holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 391 147 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (371 211 ta) nisbatan 19 936 taga oshdi va o’sish 105.37 foizni tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 7 353 ta terminal va 3 241 ta elektron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (6 084 ta terminal 1 692 ta elektron E-POS terminal) nisbatan 2 818 taga ko’paydi va o’sish 136,24 foizni tashkil etdi.