2019 yil 1 oktyabr holatiga bank aktivlari 7 291,16 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (5 001,04 mlrd. so’m) nisbatan 2 290,12 mlrd. so’m yoki 145,79 foizga o’shdi.
2019 yil 1 oktyabr holatiga bank aktivlarining 5 817,51 mlrd. so’mi yoki 79,79 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.
2019 yil 1 oktyabr holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 444 158 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (251 974 ta) nisbatan 192 184 taga oshdi va o’sish 176,27 foizni tashkil etdi.
Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 10 970 ta terminal va 3 783 ta elektron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (6 305 ta terminal 2 766 ta E-POS terminal) nisbatan 5 682 taga ko’paydi va o’sish 162,64 foizni tashkil etdi.