2021 yil 1 iyul holatiga bank aktivlarining 6 185,2 mlrd. so‘mi yoki 68,4 foizi kredit qo‘yilmalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2021 yil 1 iyul holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 1 009 129 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (582 576 ta) nisbatan 426 553 taga oshdi va o’sish 173,2 foizni tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to‘lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni yig‘ishga alohida e’tibor qaratilganligi sababli joylarda 13 506 ta terminal va 11 777 ta elektron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o‘tgan yilning shu davriga (12 082 ta terminal, 6 855 ta elektron E-POS terminal) nisbatan 6 346 taga ko‘paydi va o‘sish 133,5 foizni tashkil etdi.