AT “Aloqabank” aksiyadorlarining 2025-yil 27-iyundagi yillik umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan bankning 2024-yil yakunlari bo‘yicha olingan sof foydasi hisobidan har bir dona imtiyozli aksiyaga uning nominal qiymatining 40 (qirq) foizi yoki 40 (qirq) tiyin miqdorida dividend to‘lashga qaror qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 51-moddasiga muvofiq dividendlarni to‘lash Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (yoki investitsiya vositachilari) orqali aksiyadorning mavjud bank hisobvarag‘iga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda avtomatik ravishda amalga oshirilishini belgilangan.
Hisoblangan dividendlarni olish uchun aktsiyadorlar o‘z telefonlariga “UzCSD” mobil ilovasini o‘rnatishlari lozim. Mobil ilovani yuklab olish uchun havola:
KO‘P BERILADIGAN SAVOLLAR:
Savol: Dividendlarni olish uchun nima qilish lozim?
Javob: Dividendlarni olish uchun aksiyador Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga tegishli bo‘lgan mobil ilovani o‘z telefon apparatiga o‘rnatishi va ushbu ilovaga o‘zining bank kartasini kiritishi kerak.
Savol: Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga tegishli bo‘lgan mobil ilovaning nomi nima?
Javob: Mobil ilovaning nomi UzCSD.
Savol: Mobil ilovani o‘rnatish uchun Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoki Aloqabankka borish kerakmi?
Javob: Yo‘q, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoki bankka borish shart emas. Dividend to‘lovlarini olish uchun mobil ilovani o‘rnatilish bo‘yicha Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga 71-211-09-09 telefon orqali bog‘lanib, zarur ma’lumotlarni olish mumkin.
Savol: Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga tegishli mobil ilovani qayerdan yuklash mumkin?
Javob: UzCSD mobil ilovasini app-store platformasidan yuklab olish mumkin.
Savol: Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan qanday bog‘lanish mumkin?
Javob: Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan 71-211-09-09 telefon orqali bog‘lansa bo‘ladi.
Savol: Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qayerda joylashgan?
Javob: Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi, 107-uyda joylashgan.
Savol: Imtiyozli aksiyalarga dividendlar qaysi davr(lar) uchun hisoblandi?
Javob: Dividendlar imtiyozli aksiyalarga 2024-yil uchun hisoblandi.
Savol: Dividendlar yiliga necha marotaba hisoblandi?
Javob: Dividendlar yiliga bir marta hisoblanadi.
Savol: Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar qancha miqdorda hisoblanadi.
Javob: Bank ustaviga muvofiq imtiyozli aksiyalar egalari aksiyaning nominal qiymatiga nisbatan 40 (qirq) foiz miqdorda imtiyozli tarzda dividend olish huquqiga egadirlar.
Savol: Men Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining mobil ilovasini o‘rnatdim, biroq, mening pasport ma’lumotlarim aksiyadorlar bazasida yangilanmaganligi sababli ilovada xatolik chiqyapti. Pasport ma’lumotlarimni qanday yangilashim mumkin?
Javob: Pasport ma’lumotlarni aksiyadorlar bazasida yangilash uchun, sizga tegishli bo‘lgan aksiyalarning hisobini yuritayotgan investitsiya vositachisiga murojaat qilish orqali yangilashingiz mumkin.
*AT “Aloqabank” aksiyalari “DEPO INVEST TRAST” investitsiya vositachisida yuritiladi. “DEPO INVEST TRAST” MCHJ rekvizitlari: Toshkent shahri, Osiyo ko‘chasi, 6-uy, 87-xonadon; tel: 78-150-39-53