Menyu
Karta haqida
Zamonaviy dizaynga ega bolalar kartasi, aynan bolalar va o‘smirlar uchun keng funksiyalarni o'z ichiga olgan holda maxsus ishlab chigilgan. U bolalarda moliyaviy savodxonlik asoslarini shakllantirishga yordam beradi, ota-onalarga esa farzandining xarajatlarini nazorat qilish imkonini taqdim etadi. Jamg'arish va xarid qilish jarayonini xavfsiz, foydali va qiziqarli qiladi!
Kartaning afzalliklari
Kartaning afzalliklari
- onlayn monitoring Karta Zoomrad ilovasiga ulanganidan so‘ng, barcha operatsiyalarni kuzatish, hisobotlarni yuklab olish va karta yo‘qolgan taqdirda uni bloklash imkoniyati yaratiladi. Bu juda oddiy va xavfsiz!
- Taqiqlangan toifalarni avtomatik tarzda bloklash tamaki mahsulotlari, alkogol, qimor o‘yinlari va boshqa xavfli toifalardagi xaridlar avtomatik tarzda bloklanadi.
- Jamoat transporti bilan integratsiya (ATTO) ATTO tizimi orqali yo‘l haqini to‘lash va jamoat transportidan foydalanish birgina karta orqali amalga oshiriladi.
- bir nechta raqamga SMS-xabarnoma har bir xarid haqida SMS-xabarnoma bir vaqtda ikki yoki undan ortiq telefon raqamlariga yuborilishi mumkin (masalan, onasi va otasiga).
- komissiyasiz pul o‘tkazmalari ota-onalar farzandining kartasini qo‘shimcha xarajatlarsiz o‘z kartasidagi mablag‘lar hisobidan to‘ldirishlari mumkin. Uzcard Bolalar Kartasi — oddiy karta emas. Bu pulga ongli munosabatni shakllantirish sari birinchi qadamdir.