Yoshlar uchun real imkoniyatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-62-son qarori asosida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va ularning bandligini ta’minlash yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur qaror doirasida Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, “Do‘stlik” mahallasida yashovchi yosh va tashabbuskor yigit Melikulov Abdilaziz sartaroshlik sohasi bo‘yicha o‘z tadbirkorligini boshlash istagida bo’lib, kerakli sartaroshlik anjomlarini xarid qilish maqsadida AloqaBankdan imtiyozli kredit oldi. Bugungi kunda u o‘zining sartaroshlik xizmatlari bilan mahalla yoshlari orasida talabgir mutaxassisga aylangan.
AloqaBank tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy ko‘mak Abdilaziz kabi yuzlab yoshlar uchun o‘z ishini boshlash va o‘z orzulariga bir qadam yaqinlashish imkoniyatini bermoqda.
“Yoshlar biznesi uchun" imtiyozli kredit
- Yillik foiz stavkasi: 18,0%;
- Kreditning maksimal summasi:
- A) Jismoniy shaxslarga 100,0 mln. soʻmgacha;
- B) Yakka tartibdagi tadbirkorlarga - 1,5 mlrd. soʻmgacha;
- D) Yuridik shaxslarga - 5,0 mlrd. soʻmgacha;
- Kredit muddati: 7 yildan oshmagan muddatga (asosiy qarzdan 2 yilgacha imtiyozli davr bilan);
- Kredit maqsadi: "Yoshlar biznesi" dasturi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun.