O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–62-sonli qarori asosida Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumanidagi Yoshlik mahallasida yashovchi yosh tadbirkor Mirjalol Otaboyev AloqaBankdan 40 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, o‘zining kichik, ammo zamonaviy biznesini yo‘lga qo‘ydi.
Kompyuter ta’mirlash va sozlash markazi nafaqat Mirjalolning daromad manbaiga aylandi, balki mahalla aholisi uchun katta qulaylik yaratdi. Kredit mablag‘lari hisobiga u yangi diagnostika va ta’mirlash uskunalarini xarid qilib, xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini sezilarli darajada oshirdi.
Bugun bu kichik ustaxona — mijozlar ishonchini qozonayotgan, zamonga hamnafas xizmatlar markazi. Eng muhimi — bu loyiha orqali yosh tadbirkor iqtisodiy mustaqillikka erishmoqda, mahallasida esa yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.
Siz ham o‘z biznesingizni boshlamoqchimisiz? AloqaBank sizni qo‘llab-quvvatlaydi! yoshlartadbirkorlar.uz