Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida AloqaBank tomonidan PQ–62-sonli qaror doirasida “MALIKRABOT-BOG‘LARI” MChJga 5 milliard so‘m miqdorida kredit ajratildi. Ushbu mablag‘ asosida korxona hududida golubika (ko‘k meva) yetishtirishga ixtisoslashgan zamonaviy agroloyiha yo‘lga qo‘yildi.
2025-yil iyun oyi davomida loyiha doirasida Turkiyadan 15 000 dona golubika ko‘chati mamlakatimizga olib kelindi. Bu – xorijdan olib kirilgan yuqori hosildor navlar asosida mahalliy bog‘dorchilikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Hozirda ushbu ko‘chatlarning mahalliy iqlim sharoitlariga moslashuvi bo‘yicha zarur agronomik tadbirlar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda esa ular yer maydonlariga o‘tqazilib, doimiy parvarish ishlari boshlanishi rejalashtirilgan.