AT "AloqaBank" Oʻzbekistonning eng yaxshi ish beruvchilaridan biri deb eʼtirof etildi!
«Top Employer» sertifikati — bu AT "AloqaBank"ning korporativ madaniyat, xodimlar rivoji va inson kapitaliga strategik yondashuv borasidagi yuqori standartlarga sodiqligini tasdiqlovchi muhim yutuqdir. Mazkur natija bankda qulay, shaffof va ragʻbatlantiruvchi ish muhitini shakllantirish borasida olib borilgan tizimli ishlarning samarasi boʻlib, aynan shu muhit bankka barqaror yetakchilik pozitsiyalarini taʼminlab bermoqda.
Xalqaro Top Employer maqomining qoʻlga kiritilishi AloqaBank’ni dunyo boʻylab turli sohalarda yetakchi boʻlgan tashkilotlar qatoriga qoʻyadi. Bu yutuq bankning nafaqat zamonaviy moliyaviy institut, balki global darajadagi ish beruvchi sifatida o‘z xodimlariga o‘sish, kasbiy o‘zini namoyon qilish va jasoratli g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini taqdim etayotganini tasdiqlaydi.

Ushbu yutuqqa erishishda fidoyilik bilan hissa qo‘shgan har bir xodim va rahbariyat vakiliga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Bu — umumiy yutuq boʻlib, AloqaBank’ni mintaqadagi eng afzal ish joylaridan biriga aylantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadamlardan biridir.
Biz Sizning gʻoyalaringizga hayot baxsh etamiz!
Top Employers Institute haqida
Top Employers Institute — inson resurslarini boshqarish sohasida ilgʻor amaliyotlarni baholash va sertifikatlash boʻyicha jahon yetakchisi hisoblanadi. Mazkur institut chuqur tahlil asosida kompaniyalarga HR-jarayonlarni takomillashtirish, korporativ madaniyatni rivojlantirish va ilgʻor boshqaruv amaliyotlarini joriy etish orqali eng yaxshi iste’dodlarni jalb qilish, ularni ilhomlantirish va saqlab qolishda yordam beradi.
2025-yilda Top Employers Institute 125 ta mamlakatda 2400 dan ortiq tashkilotni sertifikatlab, dunyo boʻyicha 13 milliondan ortiq xodim hayotiga ijobiy ta’sir koʻrsatgan.
Institutning shiori — “For a Better World of Work”, ya’ni mehnat olamini yanada yaxshilash, kompaniyalarni esa kuchliroq, barqarorroq va insonparvarroq qilishdir.