16 Yan 2025
Bugungi kunga qadar Startup Garage doirasida 50 dan ortiq startap muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan bo‘lsa, endilikda bu imkoniyatlar Qashqadaryo yoshlari uchun mavjud. Qarshi shahrida joylashgan yangi filial yosh tadbirkorlar uchun texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Tadbir doirasida kelib tushgan 20dan ortiq loyihalardan 11 ta startap taqdimot natijalariga ko'ra tanlab olindi. Ular — IT, tibbiyot, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, transport va innovatsion qurilmalar yo‘nalishida faoliyat olib boradilar.
Taqdimot yakunida rezidentlikka qabul qilingan startap asoschilariga maxsus sertifikat topshirildi. Ushbu sertifikat ularga markazda bepul o‘qish, mentorlik dasturlarida ishtirok etish va startap rivojlantirish bo‘yicha ko‘mak olish imkoniyatini taqdim etadi.