1 Mar 2025
Uch kun davomida dunyo bo‘ylab eng yirik texnologiya tadbirlaridan biri – Web Summit Qatar 2025 o‘z doirasida 25 000 dan ortiq ishtirokchi, 700 dan ortiq investor va 1 500 dan ortiq startaplarni jamladi.
Startup Garage ham ushbu nufuzli sammitda faol ishtirok etib, startap ekotizimining eng ilg‘or vakillari bilan tajriba almashdi, hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirdi va yangi innovatsion g‘oyalarga ilhom oldi.
1 500 dan ortiq startaplar orasida 20 ga yaqin o‘zbek startaplari ham Web Summit Qatar 2025 sahnasida o‘z loyihalarini taqdim etdi. Bu esa O‘zbekiston startap ekotizimi global maydonda o‘z o‘rnini mustahkamlab borayotganini yana bir bor ko‘rsatadi.
Web Summit Qatar – bu nafaqat yangi aloqalar va hamkorliklar uchun maydon, balki Startup Garage uchun ham kelajakdagi yirik qadamlar sari muhim bosqich bo‘ldi.