Markaziy bank We-Finance Code tashabbusi bo‘yicha 2025-yil yakunlari yuzasidan hisobotni e’lon qildi.
-
Milliy koalitsiya a’zolari soni 2025-yil yakuniga ko‘ra 3 tadan 19 taga yetdi.
-
15 ta tashkilot gender kesimida xalqaro standartlarga asoslangan ma’lumotlarni yuritish tizimi yo‘lga qo‘ydi
-
Koalitsiya a’zolarining tashabbuslari natijasida ayol tadbirkorlarga jami 4,1 trillion so‘m imtiyozli moliyalashtirish ajratildi.
-
Ayollar ehtiyojlarini inobatga olgan 7 ta yangi moliyaviy mahsulot ishlab chiqildi.
-
27 000+ xotin-qizlar uchun seminar va treninglar tashkil etildi. Ularning 70 foizi hududlarda o‘tkazildi.
-
9 000+ bank xodimlari gender sezgirligi hamda ayollarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha malakasini oshirdi.
To'liq hisobot bilan tanishish