Mahalla bankiri – mahalladagi ishonchli moliyaviy ko‘makchi
Aholi bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb qilish va yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida AloqaBank Xorazm HKXKM tomonidan yil boshidan bir qator amaliy ishlar olib borildi.
Jumladan, AloqaBankga viloyat miqyosida 27 ta mahalla biriktirilgan bo‘lib, ushbu mahallalarda 8 nafar “Mahalla bankiri” va 27 nafar “Yordamchi agent” faoliyat olib bormoqda.
“Sayxunobod” tajribasi asosida 775 ta mikroloyiha amalga oshirildi va ushbu loyihalar asosida 19,2 mlrd so‘m kredit ajratildi. Natijada 1400 dan ortiq aholining daromadini oshirilishiga erishildi.
- “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida 13,1 milliard so‘m kredit ajratilib, 343 nafar fuqaro daromadli mehnat bilan band etildi.
- “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida esa 5,3 milliard so‘m kredit ajratilib, 330 dan ortiq aholi ish bilan ta’minlandi.
Mahalla bankirlari va yordamchi agentlar orqali hududdagi ehtiyojga mos 270 ta loyiha paketi aholi xonadonlariga yetkazildi. Natijada 300 ga yaqin fuqaro bandligi ta’minlandi.
Moliyalashtirilgan ayrim loyihalar bilan videolavha davomida batafsil tanishishingiz mumkin.