7 Noy 2024
AloqaBank xodimlari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan tashkil etilgan "Kredit xavflarini boshqarish" mavzusidagi treningda qatnashdi. O‘quv dasturi doirasida loyihalarning moliyaviy tahlili, kredit xavflarini boshqarish kabi asosiy jihatlar ko‘rib chiqildi.
Dastur loyihalarning moliyaviy barqarorligini baholashning asosiy usullarini o‘zlashtirishga qaratilgan bo’lib ishtirokchilar balans, foyda va zararlar hisobotlarni tahlil qilishni va mijozlarning moliyaviy holatini chuqurroq tushunish uchun barcha ko‘rsatkichlardan foydalanishni o‘rgandilar. Shuningdek, individual qarz oluvchilar va kredit portfelidagi xavflarni, qo‘shimcha qiymat zanjiridagi xavflarni boshqarishga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, bankning moliyaviy barqarorligini saqlash uchun muhim bo‘lgan muddati o‘tgan kreditlar bilan ishlash usullari ham muhokama qilindi.