2024-yil 20-sentyabr kuni bank rahbariyati tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida AloqaBank Navoiy HKXKMda ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu suhbat davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq tarzda o‘z fikr va mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘lishdi..
Muloqot davomida bank xodimlari tadbirkorlarga bankning 14 turdagi kreditlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazdilar. Ushbu kreditlar kichik va o‘rta biznes vakillariga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, bank mijozlariga taklif qilinayotgan imtiyozlar ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, bank tomonidan osonlashtirilgan kredit olish tartibi, foiz stavkalarida imtiyozlar va tadbirkorlar uchun maxsus shartlar keng yoritib berildi..
Ochiq muloqot yakunida tadbirkorlar o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar. Shu bilan birga, 30 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, ular bo‘yicha bankning tegishli bo‘lim xodimlariga topshiriqlar berildi va nazoratga olindi.



