Bugun, 4-fevral kuni Startup Garage'ning Namangan filiali ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.
Tadbir dasturi haqida:
- Startup Garage tomonidan startaplarga yaratiladigan imkoniyatlar va ko'rsatiladigan xizmatlar taqdimoti.
- AloqaVentures vakillari tomonidan investitsiya jalb qilish imkoniyatlari va hamkorlik shartlari bo'yicha ma'lumotlar.
- Muvaffaqiyatga erishgan startap asoschilarining tajriba almashinuvi.
- Startup Garage rezidenti bo'lishni istagan startaplar uchun pitch sessiyasi.
- Soha mutaxassislari, startaplar, tadbirkorlar va mehmonlar bilan networking.
Мazkur loyiha Namangan viloyati, Namangan shahri, “AloqaBank” binosida joylashgan. Manzil: 160103, Namangan viloyati, Namangan shahri, Toʻraqoʻrgʻon koʻchasi, 75-uy
Eslatib o'tamiz:
5-fevral kuni Startup Garage jamoasi Farg’ona shahrining yoshlari, startapchilar va innovatsion g‘oya egalari bilan yuzma-yuz uchrashib, ular bilan fikr almashish, imkoniyatlar va hamkorlik istiqbollari haqida suhbatlashish uchun tashrif buyuradi!
Manzil: Farg’ona Raqamli Texnologiyalar Markazi
Sana: 5-fevral, chorshanba
6-fevral kuni Startup Garage'ning Andijon filiali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Manzil: Digital City Sana: 6-fevral, payshanba
Marosimda qatnashish uchun: Ro'yxatdan o'ting!
Startap go'yangizni taqdimot qilmoqchi bo'lsangiz: Ariza topshiring!




