AT “Aloqabank” va Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 2025-yil 24-oktyabr kuni bank vakillari va OTBning xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy rahbari Enriko Pinali boshchiligidagi loyiha guruhi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ESG tamoyillarini joriy etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarning 1-bosqichi yakunlari sarhisob qilindi va kelgusidagi rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Maslahatchilar har bir muhim mavzular yuzasidan asosiy xulosalarni taqdim etib, ESG sohasidagi hisobotlarni yuritish va boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, investitsiya imkoniyatlari, jumladan, kreditlash istiqbollari va “yashil” moliyalashtirish sohasidagi potentsial loyihalar muhokama qilindi.

123123123
123123123123123