Royal Taxi Oʻzbekiston bozorida 2016-yildan beri faoliyat yuritib, mijozlarga tez va qulay taksi chaqirish imkoniyatini taqdim etadi. Royal Taxi xizmatidan foydalanish uchun qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qilish yoki mobil ilova orqali buyurtma berish mumkin. Shuningdek, loyiha asoschilari navbatdagi startap — Lola loyihasini ham ishga tushirishdi. Lola — bu ayollar uchun mo‘ljallangan keng qamrovli ekotizim bo‘lib, turli xizmatlarni bir joyda taqdim etadi. Loyiha nafaqat ayollar uchun taksi xizmatini, balki onlayn do‘konlar (e-commerce), go‘zallik salonlari (beauty), fitnes markazlari, o‘quv kurslari va boshqa ayollarga qaratilgan xizmatlarni ham o‘z ichiga oladi. Batafsil: https://t.me/aloqapress/1740