AloqaBank xalqaro reytingda yangi bosqichga ko‘tarildi! 

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi AloqaBankning uzoq muddatli emitentning defolt reytingini (IDR) xorijiy va milliy valyutada “BB-” darajasidan “BB” darajasiga oshirdi va “Barqaror” sifatida baholadi. Bu natija AloqaBankning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

AloqaBank mijozlariga ishonchli bank xizmatlarini taqdim etish va professional boshqaruv orqali moliyaviy sektor taraqqiyotiga xizmat qilishda davom etadi. Mazkur reyting bankimizning xalqaro maydondagi ishonchliligi, raqobatbardoshligi va strategik salohiyatini yanada mustahkamlab, kelajakdagi rivojlanish imkoniyatlarini kengaytiradi.