AloqaBank xalqaro e’tirof markazida!
AloqaBank jamoasi Germaniyada bo‘lib o‘tgan "Top Employer" xalqaro sertifikati taqdirlash marosimida ishtirok etdilar.
Mazkur nufuzli xalqaro sertifikat tashkilotlarda inson resurslarini rivojlantirish, xodimlar uchun yaratilgan ish sharoitlari, korporativ madaniyat hamda HR boshqaruv tizimining yuqori standartlarga mosligini tasdiqlaydi.
Tadbir davomida bankimiz vakillari yetakchi xalqaro kompaniyalar tajribasi bilan tanishib, zamonaviy HR yondashuvlari, xodimlarni rivojlantirish va motivatsiya jarayonlari bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar bilan fikr almashdilar.
Ushbu xalqaro e’tirof AloqaBankda inson resurslarini rivojlantirish, xodimlar uchun qulay va samarali ish muhitini yaratish hamda professional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlarning muhim natijalaridan biridir.
