AloqaBank va TDYU: yuridik kadrlar kelajagiga sarmoya!
AT "Aloqabank" hamda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) o‘rtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik Prezidentimizning 2025-yil 26-noyabrdagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yilib, akademik bilimlar bilan bank amaliyoti o‘rtasida o‘ziga xos “oltin ko‘prik” vazifasini bajaradi.
Talabalar uchun qanday imkoniyatlar yaratiladi?
-
Stajirovka – yozgi pullik stajirovka dasturlari tashkil etiladi.
-
Karyera – eng iqtidorli bitiruvchilar bank kadrlar zaxirasiga qabul qilinadi.
-
Qo‘llab-quvvatlash – talabalarning istiqbolli startap loyihalari moliyalashtiriladi.
-
Innovatsiyalar – FinTech va bank huquqi yo‘nalishida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Ishonamizki, mamlakatimizning yetakchi yuridik oliygohi va zamonaviy bank o‘rtasidagi ushbu hamkorlik yosh iste’dodlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.