Bankimiz inson resurslarini boshqarish va mehnat sharoitlarini yaxshilash borasidagi tizimli islohotlari natijasida, yana bir bor nufuzli "Top Employer" xalqaro sertifikatiga loyiq topildi.
Global miqyosidagi nufuz: 30 yillik tarixga ega "Top Employers Institute" (Niderlandiya) eng yaxshi ish beruvchilarni BDO (Top-5) nazorati ostida sertifikatlaydi. Dunyo bo‘ylab atigi 2300 dan ortiq sara kompaniya ushbu yuksak maqomga loyiq topildi.
Ushbu yutuq AloqaBankning xalqaro mehnat bozoridagi nufuzini mustahkamlash bilan birga, butun mamlakatimiz bank tizimining zamonaviy qiyofasini namoyon etadi. Biz o‘z jamoamiz bilan faxrlanamiz!