Joriy yilning 14-fevral kuni AloqaBank boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya sohasidagi xodimlar kasaba uyushmasi Respublika kengashi rahbariyati boshchiligida bo’lib o’tdi.

????‍????‍????Konferensiya davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisobotlari va taftish komissiyasining faoliyat hisobotlari tinglandi, so‘ngra ularni keng muhokama qilish amalga oshirildi.

✔️Muhokamalar yakunida boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va uning tarkibi, shuningdek, taftish komissiyasi tarkibi, uyushmasi organlariga vakil va delegatlar saylandi.