Buxoro davlat universiteti talabalari uchun AloqaBank Buxoro HKXKM va “Startup Garage” loyihasi vakillari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi "Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta'minlashda doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-62 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvda "G'oyangizni haqiqatga aylantiring!" shiori ostida “Startup Garage” loyihasi xodimlari tomonidan o'z biznesini amalga oshirishda moliyalashtirish bo'yicha mavjud imkoniyatlar, g'oyadan - tayyor loyihagacha jarayonida hamkorlik takliflari bo’yicha taqdimot o’tkazishdi. Shuningdek, universitet bitiruvchilari bank tizimiga ishga qabul qilish bo'yicha tanlov shartlari to'g'risida foydali ma'lumotlar berildi. Eslatib o’tamiz, joriy yil boshidan “Startup Garage” filiallari yurtimizning barcha hududlarda ochilgan. Agar (https://t.me/aloqapress) siz ham startap go'yangizni taqdimot qilmoqchi bo'lsangiz havola orqali o’z arizangizni topshiring! (https://startupgarage.uz/apply)