28 Mar 2025 - 28 Mar 2025
Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
Qashqadaryo viloyatida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, unda “Kelajakka ilk qadam” loyihasi va “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi” doirasidagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga mazkur dasturlar orqali taqdim etilayotgan imtiyozlar, moliyaviy ko‘mak turlari va dastlabki biznes g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish yo‘llari haqida tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda AloqaBank Qashqadaryo HKXKM vakillari ham faol ishtirok etib, yoshlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar, biznes-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan ma’lumotlar berdi. Shuningdek, ishtirokchilarning savollariga atroflicha va amaliy javoblar taqdim etildi.
Tadbir yoshlarda moliyaviy savodxonlikni oshirish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va yangi g‘oyalarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etdi.