AloqaBank Amaliyot HKXKM xodimlari tomonidan Yunusobod tumani yoshlari uchun muhim uchrashuv tashkil etildi. Unda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, startap va innovatsion loyihalarni rivojlantirish, kasb-hunar o‘rganish, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni egallash kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan PQ-62-sonli qaror yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Tadbir davomida yoshlarga moliyaviy savodxonlikni oshirish, kredit va grant dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari, o‘z biznesini boshlash va uni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari va AloqaBank tomonidan taqdim etilayotgan maxsus moliyaviy xizmatlar haqida ham keng ma’lumot berildi.

Mazkur uchrashuvda Toshkent shahar Yoshlar boshqarmasi rahbariyati, Yunusobod tumani Yoshlar boshqarmasi vakillari, bank rahbariyati hamda tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvlar 26-martga qadar Toshkent shahrining barcha tuman yoshlari bilan o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi bilan uchrashuv jadvali tasdiqlangan. Bu esa ko‘proq yoshlarga o‘z imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik olamiga dadil qadam qo‘yish uchun muhim platforma yaratadi.

 Kelajagingizni bugundan qurish uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Sizning muvaffaqiyatingiz – bizning maqsadimiz!