????
AloqaBank Qarshi tumani Kuchkak MFY hududida ta’lim sifatini oshirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim tashabbusni yo‘lga qo‘ydi. Mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun bepul chet tili kurslari tashkil etildi.

3-sonli maktab hududida tashkil etilgan kurslarda dastlabki bosqichda 26 nafar bolalar ishtirok etmoqda. Kurslar 6 oy davomida amalga oshirilib, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan bolalar CEFR va IELTS kabi xalqaro sertifikatlarni qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
????
Ushbu loyiha yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirib, kelajakda yaxshi daromadli kasb egasi bo‘lishlariga yordam beradi. AloqaBank yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlashda ishonchli hamkor!