27 Mar 2025 - 27 Mar 2025
Yosh tadbirkorlar uchun – imtiyozli kreditlar!
Surxondaryo viloyati yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning bandligini taʼminlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Denov, Muzrabot, Sho‘rchi, Oltinsoy tumanlarida navbatdagi amaliy uchrashuvlar tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv tuman hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchiligida, Yoshlar ishlari agentligi, AloqaBank Surxondaryo hududuy kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazi rahbariyati vа hamkor tashkilotlar hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–62-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan “Biznesga birinchi qadam” loyihasi doirasidagi imtiyozli kredit imkoniyatlari hakida batafsil ma'lumotlar berildi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularning o‘z biznesini boshlashi, moliyaviy savodxonligini oshirishi va o‘z kasbiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.