
6 Mar 2025 - 6 Mar 2025
Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar uchun AloqaBank Buxoro HKXKM xodimlari tomonidan innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish, biznes boshlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv davomida bir qator foydali ma'lumotlar berildi:
-Biznes boshlash uchun bank tomonidan moliyaviy ko‘mak: startaplar uchun kredit dasturlari;
- Murabbiylik va huquqiy qo‘llab-quvvatlash: tajribali mentorlar va mutaxassislar maslahatlari;
- Ofis va texnik infratuzilma: ishlash uchun qulay joy va zarur resurslar
- Investitsiya jalb qilish imkoniyati – venchur fondlar bilan ishlash mexanizmi, investorlar bilan hamkorlik kelishuvlar va loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari.