
17 Mar 2025 - 17 Mar 2025
Surxondaryo viloyati bo‘ylab yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar faol olib borilmoqda. 2025-yil 14-fevraldagi PQ-62-sonli qaror ijrosini ta’minlash doirasida Termiz shahar, Sariosiyo, Uzun, Angor, Sherobod, Boysun va Bandixon tumanlarida yoshlar bilan uchrashuvlar hamda seminarlar tashkil etilmoqda.
Mazkur uchrashuvlarda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, kasb-hunar egallash, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish kabi masalalarga e’tibor qaratilmoqda. Ularning taklif va loyihalari tinglanib, amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda. Seminarda mutasaddi tashkilotlar vakillari yoshlarning savollariga javob berib, mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdilar.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning o‘z yo‘nalishlarini belgilab olishlari, kasbiy mahoratini oshirishlari va kelajakda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun katta ahamiyat kasb etadi.