21- yanvar kuin Samarqand shahrida Startup Garage innovatsion markazining yangi filiali ochilishi bo'lib o'tdi. Mazkur loyihadan asosiy maqsad yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarni rivojlantirish va IT eksport imkoniyatlarini oshirishdan iborat. ugungi kunga qadar Startup Garage doirasida 50 dan ortiq startap muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan bo‘lsa, endilikda bu imkoniyatlar Qashqadaryo yoshlari uchun mavjud. Qarshi shahrida joylashgan yangi filial yosh tadbirkorlar uchun texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Tadbir doirasida kelib tushgan 25 dan ortiq loyihalardan 10 ta startap taqdimot natijalariga ko'ra tanlab olindi.