17-fevral kuni AloqaBank va AloqaVentures tashabbusi bilan tashkil etilgan Startup Garage loyihasi Jizzaxda o‘z faoliyatini boshladi! Bu zamonaviy maydon tadbirkorlar va startaplar uchun qulay muhit, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va biznes rivoji uchun mustahkam platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Startup Garage – bu faqatgina startaplar uchun o’qish maydoni emas, balki orzularni reallikka aylantirishga ilhom beradigan maskan. Bu yerda yangi loyihalar va samarali hamkorlikka ham guvoh bo’lishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, mazkur loyiha AloqaBank Jizzax HKXKM binosida joylashgan. Manzil: 130100, Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 6-uy