6 May 2025 - 6 May 2025
Sport – kuch va bardamlik manbai.
O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan 2025-yilgi ko‘chma Kubok uchun mini futbol (futzal) bo‘yicha Respublika bosqichi musobaqalari yuqori ruhda o‘tkazildi.
AloqaBank jamoasi ushbu nufuzli turnirda munosib ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
1-tur:
Unicon – AloqaBank (0:4)
2-tur: AloqaBank – Cyber University (11:3)
Chorak final: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi – AloqaBank (0:1)
Yarim final: UzPost – AloqaBank (3:0)
Natijada, bank jamoasi faxrli uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi! Bu natija – jamoaviy iroda, fidoyilik va mehnat samarasidir. AloqaBank jamoasi har bir o‘yinda kurashchanlik, birdamlik va professional yondashuv namunasini ko‘rsatdi.
Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoa a’zolarini chin yurakdan tabriklaymiz va keyingi bellashuvlarda ulkan omadlar tilaymiz!