Samarqand yosh tadbirkorlari uchun AloqaBankdan mustahkam tayanch.
Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on, Narpay, Paxtachi, Qo’shrabot, Payariq, Oqdaryo, Pastdarg’om, Nurobod tumanlari hamda Kattaqo’rg’on shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 14-fevralda tasdiqlangan PQ-62-sonli qarorni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar bo'lib o'tdi. Uchrashuvda “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi Samarqand viloyat filiali rahbari va AloqaBank Samarqand HKXKM rahbariyati ishtirok etdi. Tadbir davomida AloqaBank yoshlar banki sifatida belgilanganligi, shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun maxsus moliyaviy xizmatlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida tushunchalar berildi.
Mazkur tadbirlar yoshlarning biznes tashabbuslarini rag‘batlantirish, startap va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.