15 Mar 2025 - 15 Mar 2025
AloqaBank Qarshi tumanining Kuchkak, Jumabozor, Bunyodkor va Kat mahallalariga biriktirilgan bo‘lib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida har oyda ushbu mahallalarga tashriflar tashkil etib kelmoqda. Tashriflar davomida Mahalla yettiligi, faollar va aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, davlat rahbari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va dasturlar haqida batafsil tushuntirish berilmoqda. Shuningdek, mahalla aholisi ushbu dasturlar doirasida qanday imkoniyatlardan foydalanishi mumkinligi bo‘yicha maslahatlar taqdim etilmoqda.
Bo‘lib o‘tgan navbatdagi tashrif doirasida, Qarshi tuman hokimligi, bandlik bo‘limi va mahalla fuqarolar yig‘ini bilan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolandi. Ushbu shartnoma doirasida ishsiz fuqarolar bandlik dasturlariga jalb qilinishi, tadbirkorlik rivojlantirilishi va mahalla infratuzilmasi yaxshilanishi belgilandi.
Shuningdek, Bunyodkor mahallasida ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Mahalla mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ishsiz ayollar ro‘yxati shakllantirildi. Dastlabki bosqichda 10 nafar ishsiz bo’lgan ayol AloqaBank mijozi bo‘lgan "JAHON MASHXUR VISOLA" MCHJning issiqxonasida ish bilan ta’minlandi.