"Offshore Outsourcing Tour 2024" doirasidagi tadbirda 30 dan ortiq mamlakatlarning 150 ta kompaniyalaridan 200 nafardan ziyod xorijiy vakillar ishtirok etishdi. Tadbir doirasida IT Park xodimlari tomonidan mehmonlar uchun O‘zbekistonda kompaniya ochish jarayoni haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, AloqaBank Loyiha ofisi rahbari — Do'stboy Abjalov, bank sohasiga tegishli o‘zining ekspertlik fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi. Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasiga muvofiq yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish maqsadida IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Yurtimizda mahalliy va chet el IT kompaniyalarning o‘z faoliyatini boshlashi ushbu strategiyaning amaliy natijasini ko‘rsatishga yordam beradi.