“Kichkintoy liderlar va kelajak chempionlari kuni”  

AT “Aloqabank” Xotin-qizlar va erkaklar huquqlari tengligini ta’minlash maslahat kengashi tomonidan xodimlar va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda yosh avlod uchun teng imkoniyatlarni targʻib etish maqsadida “Kichkintoy liderlar va kelajak chempionlari” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida xodimlarimizning farzandlari ota-onalarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, bank hayoti va mehnat jarayonlari haqida tasavvurga ega boʻldilar. Bu esa farzandlarda ota-onalar mehnatiga nisbatan hurmat, kasblarga qiziqish va kelajakdagi maqsadlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan shaxmat musobaqasi qizlar va oʻgʻil bolalarning oʻz bilim va salohiyatlarini namoyon etishlari, sogʻlom raqobat muhitida oʻzaro muloqot qilishlari hamda intellektual rivojlanishlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratildi.

AT “Aloqabank” Xotin-qizlar va erkaklar huquqlari tengligini ta’minlash maslahat kengashi oʻz faoliyatida gender tengligini nafaqat ish jarayonlarida, balki oilaviy qadriyatlar, farzandlar rivoji va har bir bolaning oʻz qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali ham targʻib etishni muhim vazifa deb biladi.

Mazkur tadbir bankda xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda kelajak avlodni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarning amaliy ifodasi boʻldi. 

Har bir farzand — kelajak lideri. Ularning orzulari va salohiyatini qoʻllab-quvvatlash esa barchamizning umumiy masʼuliyatimizdir.

6b9dcb97-16ed-4087-8fa3-43f4e06f85e5

849a9cd2-7728-4f19-8fa0-d00c51f4a29b

bf45e29e-f43f-4c57-a782-63d70135ab06